Harakatlar rejasida aholi bandligi, daromadlarini oşiriş va kambağallikni qisqartiriş böyiça asosiy çora-tadbirlar körsatib ötilgan.
Ta'kidlanişiça, içki tölov qobiliyatiga ega talabning tiklanişi va kengayişi mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligini oşiriş va daromad olişlari böyiça amalga oşirilgan çoralar bilan boğliq. Uşbu maqsadlar uçun 2020 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturi doirasida ajratilgan kreditlar hajmi 4 trillion sömni taşkil etadi.
Aholini iş bilan ta'minlaş, oilaviy biznesni qöllab-quvvatlaş, işlab çiqariş va xizmat körsatiş korxonalari faoliyatini qayta tiklaş, uy-joy, ijtimoiy infratuzilmani quriş va rekonstruksiya qiliş, yangi qişloq xöjaligi yerlarini foydalanişga topşiriş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar yil oxiriga qadar 810,6 mingta doimiy iş örinlari tiklanişiga, 302,8 mingta doimiy va 662,8 mingta vaqtinçalik hamda mavsumiy iş örinlari yaratilişiga imkoniyat beradi.
Jumladan, “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali 265,2 ming nafar işsizlar böş iş örinlariga joylaştiriladi, 301 ming kişi jamoat işlariga jalb qilinadi, 53,6 ming kişi tadbirkorlik va uy-joy maydonlarini rivojlantiriş, qişloq xöjaligi, hunarmandçilik hamda tikuvçilik kooperativlarida a'zolik uçun subsidiyalar bilan ta'minlanadi, 42,8 ming kişi bepul tarzda kasb-hunarga öqitiladi.
Keltirib ötilgan barça çora-tadbirlar Özbekiston prezidenti va hukumatining qarorlari bilan tasdiqlangan hamda amaliy çora-tadbirlar rejasiga kiritilgan.
Bandlikni, şu jumladan, rasmiy bandlikni kengaytiriş, şuningdek, aholi daromadlarini oşiriş uçun qöşimça şaroitlarni yaratiş maqsadida, 2020-2021 yillar uçun amaliy çora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutadi:
a) 2020 yil yakuniga qadar:
- aholining kambağal qatlamlari bilan işlaşning amaldagi şaklidan Jahon banki va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda Özbekiston Respublikasining Barqaror rivojlaniş maqsadlari bilan uzviy boğliqlikdagi uzoq muddatli kambağallikni qisqartiriş Strategiyasini işlab çiqiş asosida kambağallikni qisqartirişga qaratilgan strategik va dasturiy çora-tadbirlarni amalga oşirişga ötiş. Bunda, 4 ta mezon (mutlaq, nisbiy, moddiy deprivatsiya va kambağallikning köp ölçamli indeksi)dan foydalaniş orqali Toşloq tumanida sinov tariqasida kambağallikni baholaş uslubiyotini amaliyotda qöllaş;
- Sirdaryo viloyatidagi sinov loyihasi, şuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qöllab-quvvatlaş böyiça tajriba asosida, ayniqsa, pandemiya şaroitida, ijtimoiy himoya reyestrini joriy qiliş;













