Bugun, 27 aprel kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Şahnoza Ravşanova vaqtinça daromadsiz qolgan şaxslarni jamoat işlariga jalb qiliş orqali bandligi ta'minlanayotgani haqida ma'lumot berdi.

«Aprel oyining özida 121 mingdan ortiq fuqaro jamoat işlariga jalb etilib, ularning xizmat haqlari har 5 kunda tölab berildi.

Buning uçun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoşidagi Jamoat işlari jamğarmasiga Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi tomonidan 200 milliard söm ajratilgan», deya ta'kidladi Şahnoza Ravşanova.

Uning qayd etişiça, ayni paytda jamoat işlari 20ga yaqin yönalişda yölga qöyilgan. Oldin bu körsatkiç 8-9ta atrofida bölgan. Yönalişlar soni ortişi noan'anaviy yönalişlar qöşilişi hisobiga bölgan.

«Masalan, kökalamzorlaştiriş, obodonlaştiriş, quriliş kabi yönalişlardan taşqari, yolğiz qariyalarni parvarişlaş, niqob işlab çiqariş, dezinfeksiya işlari, mahallalarda taşkil etilayotgan köçma savdo markazlari, xayriya markazlaridagi faoliyat orqali ham fuqarolarning daromad topiş imkoni paydo bölmoqda.

Şuningdek, karantinga olingan oila va xonadonlarga yordamçi posbon, içki işlar va milliy gvardiya xizmatlari tomonidan taşkil etilgan blokpostlarga xalq posboni lavozimlarida işlaş uçun ham vaqtinça işsiz fuqarolar jalb etilmoqda», dedi  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakili brifingda.

Eslatib ötamiz, bundan oldin Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan işsiz va band bölmagan fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar örnatiş, uruğlik va köçatlar xarid qiliş uçun aholi bandligiga kömaklaşiş markazlari orqali subsidiyalar ajratilişi haqida ham ma'lumot berilgan edi.