Keça, 6 sentabr kuni Kun.uz'da «Urgutdagi ikki qişloq mojarosi: nuroniylar özaro murosa yölini qidirişlari kerak emasmidi?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Unda Urgut tumanidagi ikki qişloqning suv talaşgani mojarosi haqida söz yuritilgan.

Urgut tuman hokimligi voqea yuzasidan munosabat bildirdi.

«Muammo undan qaysi yöl bilan bölsa-da qoçiş yoki uni xaspöşlaş uçun kötarilmaydi. Aholi nimadandir norozi bölsa, yeçimi murakkabroq masalaga duç kelsa, tegişli idoralarga, şuningdek, OAVga murojaat qiladi.

Aslida har qanday muammoning yeçimi bor. Faqat istak va töğri yondaşuv bölsa, bas. Kun.uz saytida e'lon qilingan «Urgutdagi ikki qişloq mojarosi: nuroniylar özaro murosa yölini qidirişlari kerak emasmidi?» sarlavhali maqolada kötarilgan masala ham ana şunday muammolar sirasiga kiradi.

E'tirof etiş kerak, maqolada tilga olingan Kamongaron va Vağaşti qişloqlaridagi suv muammosi haqiqatan ham ançadan beri mavjud. Aholi vakillarining özaro kelişmovçiligi muammoni hal etiş uçun töğri yeçim böla olmasligi ham ayon edi.

Vağaşti ham, Kamongaron ham mehnatkaş, mirişkor-u tadbirkor odamlari bilan maşhur. Şu nuqtai nazardan, yondoş-u jondoş mahallalar ahlining özaro kelişmovçilikka borişi mantiqqa töğri kelmaydi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ötgan yili iyul oyida uşbu mahallalar aholisi iştirokida «Obod qişloq» dasturini amalga oşiriş bilan boğliq masalalar yuzasidan ötkazgan yiğilişida Vağaşti va Kamongarondagi quriliş-obodonlaştiriş işlarini sifatli amalga oşiriş, yöl infratuzilmasini yaxşilaş, ijtimoiy obektlarni ta'mirlaş va jihozlaş kabi vazifalar qatorida fuqarolarning suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va suv ta'minoti bilan boğliq muammolarini hal etiş yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegişli körsatmalar bergan edi. Ötgan davr mobaynida bu borada qator amaliy işlar qilinganini ta'kidlaş joiz.

Kuni keça viloyat hokimi yana uşbu mahallalarda bölib, aholi bilan suhbatlaşdi. Unda ta'kidlanganidek, uşbu ikki qişloq ahlining içimlik suviga bölgan talabini qondiriş, tun-u kun kafolatlangan toza içimlik suvi ta'minotini yölga qöyiş maqsadida bugungi kunda qator loyihalar işlab çiqilmoqda.

Mazkur loyihalar mavjud suv tarmoqlarini tozalaş, ayrim hududlarda ta'mirlaş-tiklaş işlarini olib boriş, aholini sutka davomida toza içimlik suvi bilan ta'minlaş imkonini beruvçi suv taqsimlaş hamda tozalaş inşootlarini barpo etişga qaratilgan.