«Biroq aholi orasida homilador ayollarda immunitetning özgarişi tufayli infeksiyaning oğirroq klinik körinişi rivojlanişi xavfi bor, degan xavotirlar mavjud. Olimlar kuzatuvlar natijasida şuni aniqladilarki, koronavirus kasalligi homilador ayollarda kamdan kam hollarda oğir keçadi. 

Homiladorlar orasida yurak muammolari, astma, qandli diabet, buyrak yoki jigar kasalligi bölgan homilador ayollar xavf guruhiga kiradi. Homiladorlik davrida ösayotgan homila ayolning öpka va yuragini bosa boşlaydi, bu esa organizmda qon aylanişini qiyinlaştiradi», dedi Barno Abdusamatova.

Uning ta'kidlaşiça, homilador ayol COVID-19 bilan jiddiy kasallangan bölsa, bu uning ahvolini yomonlaştiradi va nafas olişni qiyinlaştirişi mumkin.

«Şuning uçun bunday ayollar doimiy kuzatuvda bölişlari şart.Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, homilador ayollarda quruq yötal, harorat kötarilişi, nafas qisilişi, holsizlik, iştaha yöqligi, muşakda oğriq alomatlari paydo bölganda uydan çiqmagan holda yaşaş manzilidagi uçastka şifokoriga yoki ayollar maslahatxonalariga tibbiy yordam uçun murojaat qilişlari zarur.

Imkon qadar tibbiy yordam uçun erta murojaat qiliş va davolaşni erta boşlaş kerak, bu soğayişni ta'minlaydi», dedi ştab vakili.