Kun.uz'da bugun, 8 sentabr kuni soat 08:37 da «Past Darğomda «1000 ta jöja spektakli»: Boş rollarda prokuror va öğlini kambağal qilib körsatgan «mahallaqöm» sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Unda Qöqoni mahallasi raisi «temir daftar»ga kiritilgan oila deb öz oilasini körsatgani haqida hikoya qilingandi.

Past Darğom tumani hokimligi axborot xizmati voqea yuzasidan munosabat bildirdi.

«Mahalla raisi Kun.uz saytiga yolğon ma'lumot bergan.

Kun.uz saytida 6 sentabr kuni «1000 ta jöja bilan beş oyda kambağalçilikdan çiqiş mumkinmi?» sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingandi. 

Unda Past Darğom tumani «Qöqoni» mahallasidagi bir oilaga kambağalçilikdan çiqişda yordam körsatilgani haqida söz borgan. Xususan, Doston Tirkaşev tadbirkorlikni boşlagani, otasi esa xorijda işlab yurgani haqida ma'lumot ketgan.

Aslida mahalla oqsoqoli mahallasida kambağallik böyiça qilingan işlarni örganişga kelgan muxbirga yolğon ma'lumot bergan. Ya'ni, rais öz xonadoniga kirib, bu kam ta'minlangan oilaning uyi ekanini aytgan.

Uşbu holat tuman mutasaddilari tomonidan tegişli tartibda tanqidiy muhokama etiladi va jiddiy xulosa qilinadi», deyiladi hokimlik munosabatida.