Joriy yilda ham odatdagidek 1-sinf öquvçilari uçun “Prezident sovğasi” topşiriladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi ÖzAga ma'lum qildi.
Maxsus komissiya qaroriga binoan, pandemiya şaroitini hisobga olib maktablarda yangi öquv yilining birinçi kuni 14 sentabr etib belgilandi. Maktablarda ayni şu kuni 650 mingga yaqin öquvçiga “Prezident sovğasi” topşirilişi rejalaştirilgan.
1-sinf öquvçilariga beriladigan “Prezident sovğasi” tarkibidan 12 turdagi öquv qurollari, jumladan portfel, daftarlar, rasm daftari, akvarel böyoqlari, rangli qoğoz, qalamdon, şarikli ruçka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim va öçirğiç örin olgan.
Şuningdek, vazirlikning ma'lum qilişiça, “Prezident sovğasi” öqişning an'anaviy yoki masofaviy şakli tanlanganidan qat'i nazar, barça öquvçilarga beriladi. Bunda “Prezident sovğasi” masofaviy öqişni tanlagan 1-sinf öquvçilarining ota-onalariga topşiriladi.

















