Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta hosilini nobud qilmasdan terib olishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar tasdiqlandi
Foto: KUN.UZ
Joriy yilning 7 sentabr kuni Ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiyaning yig‘ilishiga muvofiq, bu yilgi paxta yig‘im-terimini hech qanday nes-nobud qilishlarsiz to‘liq terib olish, shuningdek ushbu mavsum davomida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymasdan xalqaro standartlarga mos ravishda ish jarayonini samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabariga ko‘ra, so‘nggi yillarda bolalar mehnatiga butunlay barham berilganligi, shu bilan birga majburiy mehnatga ham barham berish uchun amaliy chora-tadbirlarning natijasini respublikaning ko‘zgusi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish kunning dolzarb mavzusiga aylanib ulgurgan.
Yuqoridagilarning ijrosini ta'minlash maqsadida Ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiya tomonidan «2020 yilda paxta hosilini nes-nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olishni tashkil etish bo‘yicha Tavsiyalar» hamda «2020 yilda paxta yig‘im-terimi mavsumida axborot kampaniyasini tashkil etish bo‘yicha Media-reja» tasdiqlandi.
Ushbu Media-rejaga asosan, mavsum davomida majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan Milliy teleradiokompaniya, milliy blogerlar, xususiy teleradiokanallar, Internet nashrlari orqali keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari, maxsus reportajlar, tahliliy lavhalar, paxta yig‘im-terimi mavsumidan tahliliy maqolalar, materiallar va ma'lumotlar joylashtirish, aholi gavjum joylarda maxsus banner va flayerlar tarqatish, mavsum oldidan bloger va jurnalistlar uchun matbuot anjumanlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Bu yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumi ommaviy axborot vositalarining xolisona yondashuvi va tahlili yordamida barcha kamchiliklarni bartaraf etgan holda olib borilishi rejalashtirilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
12:15 / 14.03.2026
2026 yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi
20:58 / 21.02.2026