Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qömitasi majlisida 2020 yil birinçi yarmidagi iqtisodiy körsatkiçlar xususida söz bordi. Qömita raisi, senator Erkin Gadoyev davlat budjetining yarim yillik ijrosi böyiça qisqa axborot berdi.

«Davlat budjetining ijrosi 2020 yilning 6 oylik yakunlari böyiça 58,2 trln sömni taşkil qilmoqda. Bu – 2020 yil uçun ajratilgan budjetning 45,3 foizini taşkil qiladi.

Ötgan yilning 6 oyi bilan soliştirganda, mablağ tuşiriş körsatkiçlari 15 foizga oşganini köriş mumkin. Bu yaxşi körsatkiç. Bundan kelib çiqadiki, yilni muvaffaqiyatli yakunlaş imkoniyatlari mavjud. Buning uçun içki imkoniyatlardan töla samarali foydalaniş taqozo etiladi», – dedi Gadoyev qömitaning 8 sentabr kungi yiğilişida.

Erkin Gadoyevga köra, birinçi yarim yillikda mahalliy budjet daromadlari körsatkiçi kutilganidan kamroqni taşkil etgan.

«Yil avvalida mahalliy budjetlarning daromadlari 11,5 trln söm bölişi belgilangan bölsa-da, bu körsatkiç 10,2 trln sömni taşkil qilmoqda. Bu pandemiya şarotida qator soliq imtiyozlari berilgani bilan izohlanadi.

Mahalliy budjetlardagi bu böşliq respublika budjeti mablağlaridan transfer yöli bilan qoplab berildi», – deya senatorning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.