Majmua hududida Mudofaa vazirligining Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti, Harbiy orkestrlar xizmati, Qurolli Kuçlar markaziy aşula va raqs ansambli bepul foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi.

Qarorga köra, Majmua huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan “Ğalaba boği” yodgorlik majmuasini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etiladi.

Quyidagilar Majmuaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • Ikkinçi jahon uruşi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini körsatgan köp millatli Özbekiston xalqining faşizm ustidan qozonilgan buyuk Ğalabani ta'minlaşga qöşgan munosib hissasini ilmiy asosda örganiş, xalqimiz va jahon jamoatçiligi örtasida keng tarğib etiş;
  • Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoşlarimizning nomlarini abadiylaştiriş;
  • Özbekiston xalqining Ikkinçi jahon uruşidagi iştiroki, front ortidagi mehnat qahramonliklari, yurtimizga evakuatsiya va deportatsiya qilingan turli millat vakillari, xususan, bolalarning bağrikenglik bilan kutib olinişi va ularga har tomonlama amaliy yordam körsatilişi singari tarixiy voqealarni aks ettiriş orqali yoş avlodning ma'naviy olamini yuksaltiriş va keksa avlod bilan vorisiylik tuyğusini kuçaytiriş, yuksak gumanizm, ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş;
  • xalqimizning tarixiy xotira bilan yaşab, ötganlar xotirasini yod etişi, ularga hurmat bajo keltirişi, şuningdek, mazmunli dam olişi bilan boğliq ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari, ijodiy keçalar, körgazmalar va boşqa tadbirlarni taşkil etiş va ötkaziş;
  • Ikkinçi jahon uruşi davriga oid xorijiy muzey ekspozitsiyalari va arxivlari fondlarini örganiş, Özbekiston xalqining ğalabaga qöşgan ulkan hissasini ilmiy asoslaş uçun maqsadli, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriş hamda ularni keng jamoatçilikka taqdim etiş;
  • “Şon-şaraf” davlat muzeyi fondlari va ekspozitsiyalarini Ikkinçi jahon uruşi bilan boğliq hujjatlar va boşqa eksponatlar bilan muntazam boyitib boriş;
  • Ikkinçi jahon uruşiga oid muzey aşyolari va kolleksiyalarini saqlaş, yangilarini aniqlaş, töplaş, ular haqidagi ma'lumotlarni naşrga tayyorlaş, çop etiş va ilmiy iste'molga kiritiş;
  • uruş davrida yurtdoşlarimizning jangovar va front ortidagi fidokorona xizmatlarini aks ettiradigan tarixiy xotirani mustahkamlaş maqsadida ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda Majmuada oçiq darslar, ma'ruza va seminar maşğulotlari ötkazişni, talabalarning malakaviy amaliyot ötaşini taşkil etiş;