Taşrif davomida davlat rahbarlari uruşda halok bölgan askarlarning xotirasini yodga oldi, uruş dastidan beş öğlidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova xotirasiga örnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulçambar qöydi.


Majmuaning eng yuqori nuqtasi – sun’iy tepalik çöqqisida “Abadiy jasorat” kompozitsiyasi – Sovet Ittifoqi qahramoni general-mayor Sobir Rahimov va Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan barça özbekistonlik askarlar xotirasiga bağişlangan yodgorlik örnatilgan.
Tepalik içida boğning asosiy paviloni – Özbekistonning uruşdagi iştiroki tarixiga bağişlangan Şon-şaraf muzeyi joylaşgan.

Yetakçilar muzeyning boy ekspozitsiyasi bilan tanişib, şonli ötmişimiz haqidagi xotirani asrab-avaylaş muhimligini ta’kidladi. Tarixiy merosni e’zozlaş yoşlarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalaş va xalqlar örtasida madaniy aloqalarni mustahkamlaşda muhim örin tutişi alohida qayd etildi.














