2018 yilning may oyidan 2019 yilning 7 mart kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi 49 yoşli L.J. Andijon viloyatida yaşovçi 43 yoşli J.A.ning işonçiga kirib, Toşkent şahrida joylaşgan MÇJga tegişli bölgan ğişt işlab çiqariş korxonasini 1.000.000 AQŞ dollariga sotişligini aytgan.

Özbekiston Respublikasi IVV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, L.J. 645 000 AQŞ dollarini qölga kiritib, şu kunga qadar turli bahonalar qilib MÇJga tegişli bölgan ğişt işlab çiqariş korxonasini J.A.ning nomiga rasmiylaştirmaganligi yoki qölga kiritilgan pullarni qaytarib bermay şaxsiy ehtiyojlariga işlatib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.