Joriy yilning 10 sentabr kuni Namangan viloyatining Çortoq tumanida YTH natijasida fuqaroning halok bölişi bilan boğliq vaziyat sodir böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, keskin burilişda «Kobalt» avtomaşinasining haydovçisi boşqaruvni yöqotib, avtomobil bir neça marta ağdarilgan va yaqin atrofdagi «Namangan» kanaliga tuşib ketgan.
Avtomobil ağdarilgan vaqtdagi kuç haydovçini maşinadan uloqtirib yuborgan va u voqea joyida vafot etgan. Şuningdek, maşina salonida yana bir nafar ayol kişi bölgan. U suv ostida qolgan maşinadan xavfsiz çiqib ketişga muvaffaq bölgan.


Bildirilişiça, bir neça daqiqadan söng voqea joyiga Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qutqaruvçilari yetib kelib, tegişli amaliy çoralar körildi. Jabrlanuvçi kasalxonaga yetkazildi. Maşina maxsus texnikalar yordamida kanaldan olib çiqilgan.

















