Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi – avvalgi Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi № 5812-sonli Farmoniga asososan, kadrlar tayyorlash Xalqaro standart tasniflagichining 5 darajasiga mos mutaxassislarni tayyorlashni amalga oshiradi. Ta'lim 2 yil davomida olib borilib, bitiruvchilarga “tretichnyy” ta'limi diplomi beriladi. O‘rta maxsus ta'lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta'lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Ta'lim muassasasiga hujjatlar qabuli boshlangan bo‘lib, 2020 yil 25 sentyabrga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar qabuli davom etadi:

  • Dasturiy injiniring
  • Kompyuter injiniring
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari

Shuningdek, texnikumda xalqaro Bucheon University va University college of Ulsan qo‘shma ta'lim loyihalarida ta'lim berish bo‘yicha hujjatlar qabuli olib borilmoqda. Ta'limning “2+2” dasturiga ko‘ra, Toshkent axborot texnologiyalari texnikumida o‘qish muddati 2 yil bo‘lib, malaka talablariga mos maxsus fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan bitiruvchilarga Janubiy Koreyada 3-kurs bakalavriatda kirish imtihonlarisiz o‘qishni davom ettirish huquqi beriladi.

Qo‘shma xalqaro loyihalar bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda qabul amalga oshiriladi:

  • Dasturiy injiniring (Bucheon University)
  • Dasturiy injiniring (University college of Ulsan)
  • Mehmonxona xo‘jaligi ishini tashkil etish va boshqarish (University college of Ulsan)

Yo‘nalishlar

Dasturiy injiniring

Ushbu yo‘nalish kompyuter va mobil qurilmalarini dasturiy ta'minotini ishlab chiqish va boshqarish bo‘yicha ta'lim berishni nazarda tutadi.