Senatning yettinçi yalpi majlisida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş uçun yaratilgan şart-şaroitlar töğrisida hukumatga parlament sörovlari yuboriş masalasi muhokama qilindi.

Majlisda sözga çiqqan Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi raisi Feruza Eşmatova sohadagi muammolarni sanab ötdi.

«Birinçidan, 2019-2020 yillarda öz iş faoliyatini töxtatgan tadbirkor ayollar soni tadbirkorlik faoliyatini boşlagan ayollar sonidan köp. Buning sababi hudud, mamlakat ehtiyojidan kelib çiqib, biznes rejalar tuziş, istiqbolda esa eksportga mahsulot çiqariş maqsadida xotin-qizlar tadbirkorligini yölga qöyiş masalasida tizimli tahlillar ötkazilmagan.

Mavjud muammolar çuqur örganilmagan va ularni bartaraf etiş böyiça samarali çora-tadbirlar işlab çiqilmagan. Oqibatda 2019-2020 yillarda xotin-qizlar tomonidan jami 108 ming 782ta tadbirkorlik sub'yekti taşkil etilgan. Şu davrda esa 115 ming 920 nafar tadbirkor ayol öz faoliyatini töxtatişga majbur bölgan.

Ikkinçidan, 2063 nafar noçor ayol, ijtimoiy himoyaga muhtoj 75 ming 920ta oila, oğir turmuş şaroitida yaşayotgan 6 ming 213 nafar nafar xotin-qizga maqsadli yordam beriş, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş rejalari işlari yetarli darajada olib borilmagan.

Uçinçidan, mehnat bozoridagi holat yetarli darajada tahlil qilinmagan. Mavjud böş iş örinlari haqidagi ma'lumotlar mutasaddi idoralar hisobotida töliq aks ettirilmagan. Buning oqibatida aniq işga joylaşişga muhtoj xotin-qizlar hamda yoşlar qatlamini aniqlaş imkoniyatini beruvçi statistik ma'lumot yaratilmagan. Ularning bandligini ta'minlaş yuzasidan manzilli çora-tadbirlar işlab çiqilmagan. Işsiz va ijtimoiy faol bölmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda iş olib boriş amaliyoti yaxşi yölga qöyilmagani sababli işsiz 1132 nafar oğir şaroitda qolgan xotin-qizlar e'tibordan çetda qolgan», dedi Feruza Eşmatova.

Oliy Majlis Senati Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantiriş uçun yaratilgan şart-şaroitlar töğrisida parlament sörovi yuboriş haqida qaror qabul qildi.