Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, umumta'lim maktablarida sanitariya talablariga amal qilinişi böyiça maktab mutasaddilariga kömak beriş maqsadida 10 ming nafardan oşiq tibbiyot xodimi biriktirildi. 

Şu yilning 14 sentyabr kunidan belgilangan sanitariya talablariga javob bergan maktablarda mahalliy xalq deputatlari kengaşlari qarori bilan ta'lim jarayonlari boşlanişi kutilmoqda. Bu jarayonda ikki muhim masalaga diqqat qilinişi kerak. Bir tomondan mamlakatdagi 6,2 million nafardan ortiq öquvçining salomatligini saqlaş muhim bölsa, boşqa tomondan ularga ta'lim beradigan yarim million nafarga yaqin xalq ta'limi xodimlari — öqituvçilarning salomatligini asraş har bir rahbardan katta mas'uliyat talab qiladi. 

Şu maqsadlarni közda tugan holda ayni vaqtga qadar “Özbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy örta ta'lim maktablari va örta maxsus maktab internatlarining faoliyatini taşkillaştiriş böyiça vaqtinçalik sanitariya-epidemiologik talablar” işlab çiqilib, Adliya vazirligida röyxatga olindi. 

Mamlakatda şunday qiyin şaroitda öz vazifasini bajariş uçun kuraşga çiqayotgan öqituvçilarning salomatligini himoya qiliş masalasiga davlat darajasida e'tibor qaratilmoqda. 2020 yil 11 sentabr holatiga köra, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan örta ta'lim maktablarining jami 486 521 nafar öqituvçilarning 275 616 nafari (56,6 foizi) maxsus laboratoriya usulida koronavirus infeksiyasiga tekşiruvdan ötkazildi. 

Laboratoriya tahlili natijasida kasallik aniqlangan öqituvçilar röyxatga olinib, ularning holati hududlarda taşkil etilgan mobil tez tibbiy yordam guruhlari tomonidan örganilmoqda, kasallik simptomlari aniqlangan öqituvçilar şifoxonalarda davolanişga yuborilmoqda.

Ularning aksariyatida kasallik simptomsiz va yengil şaklda keçayotgani körinmoqda. Bunday öqituvçilar uy şaroitida davolanişga ötkazilib, belgilangan davo muolajalarga köra, ularga bepul koronavirus bokslari (apteçkalar) yetkazib berilyapti.

Şuningdek, bunday öqituvçilar bilan muloqotda bölganlar hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmalari tomonidan aniqlanib, ularning röyxatlari karantin tadbirlarini joriy etiş uçun hududiy soğliqni saqlaş boşqarmalariga yuborilmoqda

“Bu sa'y-harakatlardan muddao millatimiz muallimlarining salomatligini asraş va ulardan ta'lim oladigan yoş avlodning soğligini himoya qilişdir.