Jizzax şahridagi umumta'lim maktablari öqituvçilarining COVID-19 böyiça topşirgan test natijalariga köra 52 nafar pedagog xodimlarida infeksiya aniqlangan.Bu haqda Xalq deputatlari Jizzax şahar Kengaşining X sessiyasida aytib ötilgan.

Ma'lum qilinişiça, kasallangan öqituvçilar ayni damda tegişli tartibda davolanmoqda.

Sessiyada deputatlar şahardagi umumiy örta ta'lim maktablarida 2020 – 2021 öquv yiliga tayyorgarlik köriş masalasini körib çiqişdi. Unda Jizzax şahar xalq ta'limi bölimi mudiri Baxtiyor Şaripovning axboroti tinglandi.

Deputatlar 14 sentyabrdan şahardagi 10ta maktab rasman, qolganlari bosqiçma-bosqiç 30 sentyabrgaça faoliyat boşlaşi töğrisida qaror qabul qilişdi.

Şuningdek, şahardagi 6ta maktabgaça ta'lim taşkilotlari (boğçalar) 14 sentyabrdan faoliyatini boşlaşi ma'lum qilingan.