Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuzning antiqa ne'mati: Quvada danaksiz anor yetishtirilyapti
Farg‘onaning Quva tumani anorlari bilan mashhur. Bu yerda yetishtiriladigan anorlarning dovrug‘ini bilmaydigan kam topilsa kerak.
Tumanda anorchilikka o‘tgan asrning 30-yillarida asos solingan bo‘lib, oxirgi yillarda Quvaning dasht-adirlari, toshliq yerlariga anor ko‘chatlari ekilib, bu sohada yangicha bosqichga kirishildi.
Bugun Quva–Farg‘ona–Marg‘ilon yo‘llari, Quva–Shahrixon–Marhamat yo‘llarida quvaliklarning yaratuvchanlik mo‘jizalariga guvoh bo‘lasiz. Ha, bitta urug‘ni yerga qadab, uni ko‘kartirib, payvandlab, mevali ko‘chatga aylantirish uchun ham katta sabot, mehnatga ijodkorona yondashuv kerak. Quva anorlari xorijda ham ma'lum va mashhur ekani bejiz emas.
Ayni paytda tumanida kuz ne'matining 30dan ortiq turi parvarishlanyapti. E'tiborlisi, yetishtirilgan hosilning ichki ehtiyojdan ortgan qismi Koreya Respublikasi, Rossiya singari mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Quvada anorning boshqa joylarda uchramaydigan turi borligini eshitganmisiz? Bundan o‘n yil oldin andijonlik bog‘bon Quvada mirishkorlar anorning antiqa – ichida urug‘i yo‘q navini yetishtirishini aytgandi.
Har safar Farg‘onaga yo‘limiz tushganida o‘sha anorni izladik. So‘radik-surishtirdik. Kuni kecha quvalik do‘stlarimiz oxiri o‘sha ajoyib anordan topib, bir to‘plam berib yuborishibdi. Yeb ko‘rdik: mo‘jiza, ichida urug‘i yo‘q ekan. Mazasi ham boshqacha shirin.
Bog‘ini, bog‘bonini so‘ramay turasiz. Yaqin kunlarda o‘sha anorzorning o‘zidan reportaj qilish niyatimiz bor.
Elmurod Ermatov,
Ahrorbek Yoqubjonov.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi besamar uchrashuv, Turkiya Suriyaga qurol beradi – hafta dayjesti
Jahon | 20:52 / 17.08.2025
O‘zbekistonda Starlink interneti 2026 yilda ishga tushishi kutilmoqda
Fan-texnika | 20:07 / 17.08.2025
Putinning talablari va takliflari haqida hozirgacha nimalar ma’lum?
Jahon | 16:00 / 17.08.2025
Orzu ortidagi dard: Koreyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizlari qismati
Ayollar dunyosi | 14:47 / 17.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Tashabbusli budjet”da targ‘ibot bosqichi boshlandi
O‘zbekiston | 18:12
-
Toshkentda Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
O‘zbekiston | 18:02
-
American University of Technology’ga 25 foiz grant bilan o‘qishga kirish uchun so‘nggi imkoniyat
O‘zbekiston | 17:00
-
ADWorld ishi: pullar qaytariladimi?
Jamiyat | 16:50
Mavzuga oid

11:58 / 24.07.2025
Farg‘onada avtomobil daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

11:26 / 26.01.2025
“Kam bo‘lganimiz yo‘q”: qishda ham qulupnay va rediska yetishtirib sotayotgan quvalik dehqon

10:12 / 23.04.2024
O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda

09:56 / 18.08.2023