Kun.uz'da 8 sentabr kuni «Past Darğomda «1000 ta jöja spektakli»: Boş rollarda prokuror va öğlini kambağal qilib körsatgan «mahallaqöm» sarlavhali maqola e'lon qilingandi.

Boş prokuratura maqolada körsatilgan holatlar yuzasidan tekşiriş ötkazdi va bu borada bayonot berdi.

«Tekşirişda «Qöqoni» mahalla fuqarolar yiğini raisi H.Tursunov tomonidan uyuştirilgan mazkur sahnali köriniş namoyişining taşkillaştirilişida Past Darğom tumani prokurori A.Valiyevning aloqadorligi aniqlanmadi.

Biroq, tuman prokurori A.Valiyev rahbarlik qilayotgan 2-sektor faoliyatida kamçiliklar aniqlangani sababli unga  nisbatan intizomiy jazo qöllanilib, «hayfsan» e'lon qilindi», deyilgan Boş prokuratura bayonotida.

Ma'lumot uçun, Past Darğomdagi «Qöqoni» mahallasi raisi Husniddin Tursunov Kun.uz muxbiriga kam ta'minlangan «temir daftar»dagi oila deb öz oilasini körsatgan.

Bu voqea tuman prokurori Asror Valiyevning köz oldida bölgan. Buning ustiga «Qöqoni» mahallasi aynan 2-sektor tasarrufidagi mahalla hisoblanadi. Asror Valiyev mazkur xonadonni kambağalçilikdan çiqarişda boş-qoş bölayotganini aytgan.