Eslatib ötamiz, Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi:
- sohada yagona davlat siyosatini olib boriş, tarmoqlarni yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlaştirilgan tarzda rivojlantirişni ta'minlaş;
- tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat'iy hisobini yuritiş va fondini örganiş, pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş uçun ozuqa bazasini yaxşilaş;
- ipak qurti va qoraköl zotli qöylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qiliş;
- pilla va qoraköl terisidan tayyor mahsulot işlab çiqariş maqsadida xomaşyo tayyorlaş va uni qayta işlaş uçun qulay şaroitlar yaratiş;
- marketing tadqiqotlarini ötkaziş hamda ipak va qoraköldan tayyorlangan mahsulotlarni eng avvalo taşqi bozorlarda sotişga kömaklaşiş;
- pillaçilik va qorakölçilik bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub'yektlariga öz faoliyatini kengaytiriş, klasterlar taşkil etiş va mahsulotni eksport qilişda har tomonlama yordam beriş uçun taşkil etilgan.
Norma’ning yozişiça, Qömita boşqaruv xodimlarining çeklangan soni - 51 nafar, şu jumladan markaziy apparatida — 15 nafar. Qömita va uning hududiy boşqarmalarining ştat birliklari Qişloq xöjaligi vazirligi tizimining (30 nafar), ipakçilik ilmiy tadqiqot (15 nafar), Qorakölçilik va çöl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining (20 nafar) va Buxoro çöl yaylov ozuqabop ösimliklar uruğçiligi ilmiy-işlab çiqariş markazining (23 nafar) ştat birliklarini qisqartiriş hisobiga şakllantiriladi.
Qömita tomonidan şartnoma asosida jalb qilinadigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq tölaş miqdori xalqaro amaliyot va bozor şaroitlaridan kelib çiqqan holda belgilanadi. Şuningdek, idora rahbari Qömitaning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan:
- boşqaruv xodimlari mutaxassislarining qöşimça ştat birliklarini kiritişga;
- mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodim va maslahatçilar sifatida jalb qiliş, va ularga iş haqi miqdorini belgilaşga;
- xodimlarning asosiy egallab turgan lavozimiga köra lavozim maoşlari (tarif stavkalari)ga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa tölovlardan qat'i nazar, ustama va boşqa rağbatlantiruvçi tölovlarni belgilaşga haqli.
Qömita, uning tarkibiy va hududiy bölinmalari faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta'minlaş Davlat budjeti mablağlari va qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi.












