Vazirlik xabariga köra, sohaga doir vazirliklar, davlat qömitalari va idoralari rahbarlari iştirok etgan yiğilişda prezidentning qişloq xöjaligi sohasidagi berilgan topşiriqlari ijrosining borişi tahliliy muhokama qilindi. 

Yiğilişda taşkiliy masala körildi. 

Maqsud Rözmetov Özbekiston qişloq xöjaligi vazirining Yerlardan samarali foydalaniş masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi. 

Saidkamol Xöjayev qişloq xöjaligi vazirining oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari - Oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş boş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. 

Şuhrat Mirzayev qişloq xöjaligi vazirining Moliyaviy va iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari etib tayinlandi.

Botirjon Sulaymonov vazirning fan, ta'lim va işlab çiqariş integratsiyasini ta'minlaş böyiça örinbosari - Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-işlab çiqariş markazi boş direktori etib tayinlandi.

Yiğilişda sohaga doir boşqa tayinlovlar ham amalga oşirildi. Kun tartibidagi masalalar böyiça mutasaddi rahbarlarning fikrlari tinglandi, deyiladi ma'lumotda.