Vazirlar Mahkamasining 4.09.2020 yildagi «Yuridik şaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oşirayotgan çet el yuridik şaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi jismoniy şaxslar töğrisidagi ma'lumotlarni yiğiş, qayta işlaş va saqlaş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 539-son qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozişiça, yuridik şaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oşirayotgan çet el yuridik şaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi jismoniy şaxslar töğrisida yagona markazlaştirilgan axborot manbayini şakllantiriş, şuningdek davlat xizmatlarini körsatişda idoralararo elektron hamkorlikni ta'minlaş maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:
- Yuridik şaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oşirayotgan çet el yuridik şaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi jismoniy şaxslarning markaziy ma'lumotlar bazasini (keyingi örinlarda – Markaziy ma'lumotlar bazasi) şakllantiriş va yuritiş tartibi töğrisidagi nizom;
- Markaziy ma'lumotlar bazasida foydalaniladigan klassifikator va ma'lumotnomalar röyxati.
Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
- Davlat soliq qömitasi Markaziy ma'lumotlar bazasini yuritiş böyiça vakolatli organ hisoblanadi;
- Markaziy ma'lumotlar bazasi soliq organlarining Yagona integratsiyalaştirilgan axborot-resurs bazasi negizida taşkil etiladi, DSQning ma'lumotlarni qayta işlaş markazini modernizatsiya qiliş va soliq ma'muriyatçiligida zamonaviy AKTni keng joriy etiş loyihasining mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi;
- mas'ul davlat organlari (hujjatga ilovada keltirilgan röyxat böyiça) tomonidan tegişli ma'lumotlar va klassifikatorlar Elektron hukumatning ma'lumotnomalar va klassifikatorlar registrini şakllantiriş va yuritiş hamda yagona identifikatorlardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomga (16.07.2020 yildagi 444-son VMQ bilan tasdiqlangan) muvofiq joylaştiriladi va yangilab boriladi.
DSQga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni amalga oşiriş topşirildi:
bir oy muddatda 2020 yil 1 dekabrga qadar davlat organlari va taşkilotlarining axborot tizimlari va resurslarini Markaziy ma'lumotlar bazasiga integratsiya qiliş grafigini tasdiqlaş;
















