Uning ta'kidlaşiça, ötgan davr mobaynida vaziyat har tomonlama örganib çiqilgan. Şu davrga qadar erişilgan yutuq va kamçiliklar körib çiqilib, tahlil qilingan.
«Hozirda şifoxonalar salohiyatli kadrlar va zarur moddiy texnika baza bilan ta'minlangan. Barça şifoxonalar va mutaxassislarning uşbu yönalişda tajribalari bor. Ular kasallik avj olişiga yöl qöymaydilar.
Şu bilan birga, bemorlarga öz vaqtida malakali va zamonaviy tibbiy yordam körsatişga imkon va barça kerakli dori vositalarining zaxiralari yaratilgan.
Ayni vaqtda mamlakatimizda 3 500 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.
Hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolaş uçun 114ta muassasada 19 ming 346ta örin taşkil etilgan. Yana 10 mingga yaqin qöşimça zaxira şifo örinlarini tayyorlaş işlari olib borilmoqda», dedi u AOKAda ötkazilgan brifingda.
- 16 sentabr kuni Özbekistonda 597ta yangi holat qayd etildi, 416 bemor tuzaldi va 6 bemor vafot etdi - sönggi hafta davomida kunlik ösiş 600ga yaqin bölmoqda. SSVning 17 sentabr kuni soat 10:00da bergan ma'lumotiga köra, mamlakatda şu vaqtgaça koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 49 ming 285taga yetgan, 45 ming 474 bemor tuzalgan, 411 bemor vafot etgan.


















