Institutga 2017 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Amrillo Inoyatov 2020 yilning iyulida prezidentning yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Ötgan vaqt mobaynida institutga öquv va tarbiyaviy işlar böyiça prorektor Gavhar Jarilkasinova vaqtinça rahbarlik qilib turgandi.

Tibbiѐt fanlari doktori, professor Şuhrat Teşayev şu vaqtga qadar Buxoro davlat tibbiyot instituti ta'lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi bölim boşliği vazifasida faoliyat olib borgan. Salohiyatli olim sifatida 10dan ziyod tibbiyot fanlari nomzodlari va fan doktorlari tayyorlagan. Şuningdek, u odam anatomiyasi fanidan tayyorlagangan ilk smart kitob muallifi sanaladi.
















