«Avto 60 oy» işi böyiça sud jarayonlari hududlarda bölib ötayotgani haqida xabar berilgan edi. Sud Andijon viloyatidagi 650 nafar jabrlanuvçilarni söroq qilib, viloyatdagi öz işini yakunladi.
Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining xabar qilişiça, navbatdagi sud jarayonlari Farğona viloyatida davom ettiriladi.
Unda jinoyat işining Farğona viloyatidan bölgan jabrlanuvçilarning körsatmalari tinglanadi. Viloyatdagi jami 1918 nafar jabrlanuvçilar joriy yilning 21-26 sentyabr kunlari soat 09:30dan 16:30gaça jinoyat işlari böyiça Farğona viloyat sudi binosi (Farğona viloyati, Farğona şahri, Sohibqiron Temur köçasi)ga kelişlari söralmoqda.
Eslatib ötamiz, tergov hujjatlariga köra, «Avto 60 oy» MÇJ ta'sisçisi va boşqa mansabdorlari foizsiz, pulini 5 yil davomida bölib-bölib tölaş şarti bilan avtotransport olib berişni va'da qilib, odamlardan avtomobil turiga qarab 2 mln sömdan 10 mln sömgaça pul olgan, biroq zimmalaridagi majburiyatni töliq bajarmagan.
MÇJga 18 818 nafar mijoz 57 milliard 412 million söm tölov qilgani aniqlangan.
















