Chiroqchi va Andijondagi qiynoqlar ichki ishlar organlari nomiga ketmas dog‘ tushirdi - bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Abduxalim Xolmahmatov raisligida «Respublikada jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish»ga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Sobirov, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari G.Ma'rufova, tegishli boshqarmalar boshliqlari hamda viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning soha bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman (shahar) prokurorlari va ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdi.
«Yig‘ilishda bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari A.Xolmahmatov ma'ruza qilib, hozirgi kunning dolzarb va og‘riqli, davlatimiz rahbari va xalqimizning asosli noroziligiga sabab bo‘layotgan muammo – huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan fuqarolarga tazyiq o‘tkazish, urish – do‘pposlash, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi harakatlar sodir etilishiga chek qo‘yilmayotganiga alohida to‘xtaldi.
Chiroqchi tumani va Andijon shahrida ichki ishlar xodimlari tomonidan fuqarolar urib, kaltaklanib, qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgani ichki ishlar organlarining, qolaversa butun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning nomiga ketmas dog‘ tushishiga sababchi bo‘layotgani ta'kidlandi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda jinoyatlarni ro‘yxatga olish, jinoyatlarni fosh etish va tezkor qidiruv tadbirlari o‘z vaqtida va to‘laqonli olib borilishi, huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada prokuror nazoratiga tanqidiy munosabat bildirilgan.
Faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hududiy rahbar va mas'ul xodimlarning izoh va tushuntirishlari eshitildi», deb xabar bermoqda Bosh prokuraturaning Huquqiy targ‘ibot va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar
Jahon | 21:42 / 15.06.2025
-
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
-
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat
Jamiyat | 20:03 / 15.06.2025
-
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
Jahon | 19:45 / 15.06.2025
Mavzuga oid

09:22 / 08.06.2025
Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

22:10 / 01.06.2025
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti

22:09 / 29.05.2025
“O‘lib qolaman deb o‘yladim” – Toshkentda IIB xodimlari fuqaroni qiynab, bo‘yniga jinoyat ilmoqchi bo‘lishdi

14:12 / 28.04.2025