Kutilayotgan özgarişga köra, taksi haydovçilari soliq organlari veb-sayti orqali röyxatdan ötib, litsenziyani avtomatik tarzda qölga kiritişi mumkin böladi. Şuningdek, haydovçilar öz-özini mehnat bilan band qilgan şaxslar toifasiga kiritiladi.

«Ayni paytda turli versiyalar ustida iş olib borilyapti: haydovçilar mijozlarga xizmat körsatuvçi agregatorlarga ulanişi şarti bilan öz-özini band qilgan şaxs sifatida tan olinişi mumkin. Negaki, mijozlar haydovçi haqida ma'lumotga ega bölişi, sodir etilişi mumkin bölgan noxuşliklarning oldini oliş kerak. Bu holatda haydovçilar muntazam tibbiy körikdan ötişi lozim.

Bundan taşqari, soliq organlari veb-sayti orqali röyxatdan ötib, litsenziyani öşa zahoti avtomatik tarzda olişi mumkin böladi», — deydi hukumatdagi manba.

Ta'kidlanişiça, masalaning moliyaviy yeçimlari böyiça yakuniy töxtamga kelinmagan. Davlat soliq qömitasi, transport hamda moliya vazirliklari bu borada hamkorlikda iş olib boryapti.

Şu oy boşida moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov taksiçilarni ham özini-özi band qilganlar röyxatiga qöşiş böyiça işlanayotgani va bu böyiça 1-2 oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilişini ma'lum qilgandi.

Eslatib ötamiz, şu yil 19 maydagi prezident selektorida taksiçilar daromad soliğini tölaşdan ozod etilişi ma'lum qilingan, ammo 9 iyunda e'lon qilingan tegişli qarorda taksiçilar közda tutilmagandi.