COVID-19 pandemiyasi va uning O‘zbekistondagi oliy ta’limga ta’siri sababli, TEAM Universitetida 2020-2021 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda!
Talabalar uchun qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, bu yil universitet talabalari imtihonsiz qabul qilinadi. Hujjatlarni topshirishning butun jarayoni registration.teamuni.uz maxsus platformasida onlayn tarzda tashkil etilgan.
TEAM Universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 apreldagi 241-son qarori bilan tashkil etilgan nodavlat oliy ta’lim muassasasidir. Yaqin vaqtgacha mamlakatdagi barcha OTMlar faqat davlatga tegishli ekanligiga odatlanib qolgan ko‘plab ota-onalarni «nodavlat» so‘zi biroz sergaklikka tortishi mumkin. Ammo tashvishlanishga hojat yo‘q.

Birinchidan, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan TEAM Universiteti bakalavr va magistrlarni tayyorlash hamda ilmiy izlanishlar olib borish huquqiga egadir.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan mazkur universitetga ta’lim faoliyatini boshlash uchun tegishli litsenziya rasmiylashtirildi.
Shuningdek, universitetning diplomi O‘zbekiston Respublikasi hududida hech qanday to‘siqlarsiz oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etilishi ko‘rsatilgan.

Ikkinchidan, TEAM Universiteti dunyoning eng yetakchi 1000 ta OTMlari qatoriga kiruvchi Buyuk Britaniyadagi London South Bank University (LSBU) bilan hamkorlik qiladi. Universitet britaniyalik hamkor tomonidan tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha uning qoidalari va standartlariga muvofiq ta’lim beradi hamda TEAM Universiteti bitiruvchilari Buyuk Britaniyaning London South Bank University diplomiga ega bo‘ladilar. Buyuk Britaniya universitetlarining diplomlari dunyo miqyosida yuqori nufuzga ega bo‘lgani sababli, universitet bitiruvchilari nafaqat O‘zbekistonda, balki chet ellarda ham o‘qishni davom ettirishi yoki muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi mumkin bo‘ladi.


















