“Dunyo yetakçilari xalqaro hamkorlikka va qonun ustuvorligiga kelişlari uçun ikkita jahon uruşi va Xolokost dahşatlari kerak böldi. Bu hamkorlik öz natijasini berdi: köpçilik yuz berişidan qörqadigan Uçinçi jahon uruşining oldi olindi”, deb aytgan boş kotib.
Guterrişning ta'kidlaşiça, şu vaqt davomida zamonaviy tarixda yirik davlatlar örtasida harbiy qarama-qarşiliksiz ötgan bunday uzoq davr bölmagan.
“Bu asosiy yutuğimizdir, BMTga a'zo davlatlar bu bilan faxrlanişlari va bu natija saqlanib qolişi kerak”, deb qöşimça qilgan BMT rahbari. Biroq uning ta'kidlaşiça, hali köp narsa qiliş lozim.
Guterriş dunyoning asosiy muammolari qatorida gender tengsizligi, iqlim özgarişlari, noçorlik darajasining ösişi, adovat yoyilişi, geosiyosiy keskinlik va yadro qurolini aytib ötgan.
BMT dunyoda tinçlikni va xavfsizlikni qöllab-quvvatlaş va mustahkamlaş, millatlar orasida tenghuquqlik asosida hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida tuzilgan. Uning nizomi 1945 yil 24 oktyabrda kuçga kirgan. Bugunda taşkilotga 193 davlat a'zo hisoblanadi.

















