Nizom “Buxgalteriya hisobi töğrisida”gi Qonun asosida işlab çiqilgan va hujjatlarni tuziş, qabul qiliş, saqlaş va buxgalteriya hisobida aks ettiriş, hamda hujjatlar aylanişini amalga oşiriş böyiça yagona tartibni belgilaydi.
 
Norma’ning yozişiça, nizomning amal qilişi Özbekistondagi barça korxona, taşkilot va muassasalarga tatbiq qilinadi, banklar va boşqa kredit taşkilotlari bundan mustasno.
 
Nizom loyihasida korxonalar tomonidan amalga oşiriladigan barça xöjalik operatsiyalari tasdiqlovçi hujjatlar bilan rasmiylaştirilişi lozimligi qayd etiladi, ular boşlanğiç hisob hujjatlari bölib xizmat qiladi va ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi.
 
Tegişli texnik vositalar mavjud bölganda boşlanğiç hujjatlarni axborot tizimlari xizmatlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzişga yöl qöyiladi. Bunday hujjatlar buxgalteriya hisobida tegişli majburiy rekvizitlar mavjud bölgandagina qöllaniladi. Elektron hujjatlarni saqlaşda ulardan erkin foydalaniş va ularning qoğoz nusxalarini taqdim etiş imkoniyati ta'minlanişi lozim.
 
Buxgalteriya hisobini avtomatlaştiriş şaroitida boşlanğiç hujjatlar rekvizitlari kodlar körinişida qayd etilişi mumkin. Bunda elektron şaklda tuzilgan boşlanğiç hujjat va registr elektron raqamli imzo haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq uning töğri tuzilişi uçun javobgar bölgan şaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanişi lozim.
 
Nizom:

  • boşlanğiç hujjatlar va hisob registrlarini tuziş, xatolarni tuzatiş, saqlaş tartibini;
  • qat'iy hisobdagi blankalarni hisobga oliş, saqlaş, hisobdan çiqariş va yöq qiliş tartibini
  • hujjatlar aylanişini taşkil etiş tartibini belgilaydi.

Nizomga ilovalarda quyidagi şakllar keltirilgan:

  • Qat'iy hisobdagi blankalarini hisobga oliş jurnali;
  • qat'iy hisobdagi blankalarga oliş-nazorat qiliş varaği;
  • korxona böyiça hujjatlar aylanişining namunaviy grafigi.

Loyiha özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.