Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Barno Abdusamatova gripp mavsumi boşlanişi koronavirus kasalligiga qançalik ta'sir körsatişi va bunday vaziyatda grippga qarşi vaksina qançalik yordam berişi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Gripp koronavirus infeksiyasining köpayişiga ta'sir qilmaydi, çunki bu ikki xil infeksiya. Epidemiyaga qarşi tadbirlarga rioya qilmaslik kasallanişning oşişiga ta'sir qiladi. Agar aholi muntazam niqob taqsa, qölni toza saqlaş gigiyenasiga rioya qilsa, ijtimoiy masofani saqlasa, özini alohidalasa, vaziyat barqaror bölib qoladi.
Yana bir masala, agar kişi koronavirus infeksiyasi bilan oğrigan bölsa va yana biror yondoş infeksiya (gripp yoki boşqa) bilan kasallansa, u holda koronavirus qiyin keçadi. Hozirgi vaqtda grippga qarşi emlaş har qaçongidan ham dolzarb. Gripp Covid-19 infeksiyasisiz ham oğir asoratlarni keltirib çiqarişi mumkin bölgan juda jiddiy infeksiya hisoblanadi.
Şuning uçun, bir vaqtning özida ikkita infeksiya bilan kasallanmaslik uçun grippga qarşi emlaş maqsadga muvofiqdir.
Albatta, hammada ham grippga qarşi emlaş imkoni yöq, çunki ayrim şaxslarda uşbu vaksinaga qarşi körsatmalar mavjud, lekin umumiy hisobda, biz emlaş kerak deb hisoblaymiz», dedi Barno Abdusamatova AOKAda ötkazilgan brifingda.
















