Qayd etilişiça, 20 sentabr kuni ertalab soat 6:00lar atrofida patrul-post xizmati xodimlariga Amir Temur köçasidagi tungi klub yonida muştlaşuv yuz bergani haqida ma'lumot kelib tuşgan.
PPX xodimlari voqea joyiga yetib kelişganda, piçoq bilan yaralangan tört nafar yigitlardan bittasi – 18 yoşli Ali G. voqea joyning özida hayotdan köz yumgan, uç nafar yigit şifoxonaga yetkazildi. Şifoxonada janjalda iştirok etganlardan yana biri – 23 yoşli Danil S. hayotdan köz yumgan. 21 yoşli Aziz A. va 28 yoşli Azizbek T. ayni vaqtda şifoxonaga joylangan.
Ma'lum bölişiça, kelişmovçilik ikki guruh yigitlar orasida kelib çiqqan. 8 kişidan iborat bölgan birinçi guruh orasida ikki nafar qiz ham bölgan va ularning hammasi Amir Temur köçasida joylaşgan tungi klub yonida bölişgan. 5 kişilik ikkinçi guruh ham öşa atrofda bölgan. Qizlardan birining öz guruhidagi yigitga aytgan gapi boşqa guruhdagi yigitga xuddi unga aytilgandek tuyulgan. Şu sababli orada kelib çiqqan mojaro muştlaşuvga aylanib ketgan. Muştlaşuv davomida ikkinçi guruh iştirokçisi 23 yoşli Sanjarbek X. piçoq çiqarib tartibsiz ravişda zarba berişni boşlagan. Natijada, tört nafar yigit jabrlanib, ulardan ikki nafari hayotdan köz yumgan.
Voqea joyiga yetib kelgan Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan 23 yoşli Sanjarbek X., 18 yoşli Sardor K., 23 yoşli Rahmatulloh X. va yana bir neça kişi qölga olinib, içki işlar bölimiga olib ketilgan.
Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan mazkur fakt asosida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (“Qasddan odam öldiriş”) böyiça jinoiy iş qözğatildi. Gumonlanuvçi tariqasida jinoiy işga jalb qilingan 23 yoşli Sanjarbek X. hozirda qölga olingan.
Ayni vaqtda kelişmovçilikning yana ikki nafar iştirokçisi bölgan 18 yoşli Sardor K. va 23 yoşli Rahmatulloh X.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (“Bezorilik”) böyiça jinoiy iş qözğatildi. Mazkur şaxslar ham qölga olingan.
Tergov davom etmoqda. Kelişmovçilikning boşqa iştirokçilarini qölga oliş böyiça çoralar körilmoqda, deyiladi IIBB ma'lumotida.
Yunusoboddagi piçoqbozlik böyiça rasmiy ma'lumot berildi. Hodisa oqibatida ikki kişi vafot etgan

















