Jahon | 18:18 / 23.09.2020
12264
2 daqiqa o‘qiladi

Tixanovskaya o‘zini "belarus xalqi saylagan yagona yetakchi" deb e'lon qildi

23 sentabr kuni Minskda Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi va u Belarus prezidenti sifatida lavozimga kirishdi.

Foto: nexta / telegram

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiya marosimidan so‘ng uning vakolatlari muddati tugaganligini aytdi va o‘zini mamlakatning yagona rahbari deb atadi.

"O‘zini qonuniy deb e'tirof etishga urinish avvalgi vakolatlar tugashiga olib keldi, yangi mandatni esa xalq unga bermadi. Inauguratsiya deb ataluvchi bu narsa soxtakorlikdir. Aslida bugun Lukashenko shunchaki nafaqaga chiqdi. Bu endilikda uning kuch ishlatish tuzilmalariga beradigan buyruqlari qonuniy emasligini va bajarilishi kerak emasligini bildiradi. Men, Svetlana Tixanovskaya belarus xalqi saylagan yagona yetakchiman", - dedi u o‘z Telegram-kanalida joylashtirgan murojaatida.

 23 sentabr kuni Minskda Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi va u Belarus prezidenti sifatida lavozimga kirishdi.

Lukashenko 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani aytmoqda, ammo muxolifat va G‘arb davlatlari saylov natijalarini soxtalashtirilgan deb hisoblamoqda va eng ko‘p ovozni muxolifatchilar nomzodi Svetlana Tixanovskaya olganini aytishmoqda.

 Belarusda bir oydan oshiq vaqtdan buyon tinch namoyishlar tingani yo‘q, hukumat kuchlari namoyishchilarni qo‘lga olmoqda va ularga kuch ishlatmoqda.

Mavzuga oid