Jumladan, Toşkent şahar boş imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov, “karantin yumşatilgani, bu – kasallik çekinganini anglatmasligini ta'kidlab, huşyorlikni yöqotmaslikka, xotirjamlikka berilmaslikka undagan!

Rim-katolik çerkovi ruhoniysi Yeji Matsuleviç esa, aholi gavjum joylarda, ommaviy tadbirlarda, ibodatxonalarda ham karantin qoidalariga amal qiliş muhimligiga, antiseptik vositalardan muntazam foydalaniş, ibodat jarayonida ijtimoiy masofani saqlaş lozimligiga e'tibor qaratgan.

Toşkent şahar Rus pravoslav çerkovi boş ruhoniysi Sergey Statsenko, öz navbatida, inson karantin qoidalariga rioya qilar ekan, nafaqat özini, balki oilasi, yaqinlari salomatligi uçun mas'ul ekanini xotirlatgan hamda barçasi insonlarning öziga boğliq ekanini qayd etgan.


















