Qişloq xöjaligi vazirining investitsiya va moliyaviy masalalar böyiça maslahatçisi Alişer Şukurov sohada yölga qöyilgan muhim tizimlar haqida ma'lumot berdi.
Ta'kidlanişiça, Qişloq xöjaligi vazirligiga qişloq xöjaligida taşkiliy tuzilmalarni töğri yölga qöyiş vazifasi yuklangan. Oziq-ovqat va qişloq xöjaligida klaster tizimi eng katta xususiy investitsiya kiritiladigan tizim sifatida körilgan.
“Ikkinçi tizim kooperatsiya bölib, u kiçik xöjaliklardagi mahsulotlarni sotiş va eksport qilişda böladigan qiyinçiliklarni yengişga yordam beradi. Çunki çorvaçilikda yetiştiriladigan mahsulotlarning 80 foizini kiçik xöjaliklar yetiştirib beradi. Uçinçi tizim esa investitsiya hisoblanadi”, - dedi Alişer Şukurov Xalqaro press-klubning 25 sentyabrdagi sessiyasi davomida.
Qayd etilişiça, Özbekistonda pandemiya holatida qişloq xöjaligi va oziq-ovqat tarmoğiga xorijiy moliyaviy institutlarning 1 milliard dollar atrofidagi investitsiyasi kiritildi. Bunda eng katta investitsiya bölgan 500 million dollar Jahon banki bilan hamkorlikda qişloq xöjaligi va oziq-ovqat tizimini modernizatsiya qilişga yönaltirildi.
Alişer Şukurovga köra, kiritilgan investitsiyalar nafaqat tadbirkorlik, balki boşqaruv tizimini modernizatsiya qiliş, ilmiy-tadqiqot institutlarining sohaga ilm va innovatsiyani joriy qilişiga yönaltirildi.
















