Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusni toksik zaharlanishdagi kabi davolash taklif etildi
Olimlarning fikricha, koronavirus gemotoksik ta'sirga ega bo‘lib, bunda gemoglobin molekulalaridan ikki valentli temir atomi siqib chiqariladi. U esa qonga tushib, tomirlar devori va ichki a'zolarning zararlanishiga olib keladi.
Foto: Getty Images
Sankt-Peterburgdagi I.I.Janelidze nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti olimlari koronavirus keltirib chiqargan og‘ir shakldagi kasallikni qonda erkin temir darajasi oshishiga olib keluvchi toksik zaharlanishdagi kabi davolash mumkinligini aytishmoqda.
Ta'kidlanishicha, olimlar bunday xulosaga Xitoyning Ibin universiteti va Sichuan fan va texnika universiteti olimlari ilgari surgan faraz asosida kelishdi. Xitoylik olimlarning fikricha, koronavirus gemotoksik ta'sirga ega bo‘lib, bunda gemoglobin molekulalaridan ikki valentli temir atomi siqib chiqariladi. U esa qonga tushib, tomirlar devori, so‘ngra ichki a'zolarning zararlanishiga olib keladi. Erkin temirning me'yoridan ko‘pligi kapillyar sizib chiqish, ya'ni qon zardobining tomirlar devori orqali chiqib ketishiga olib keladi. Buning natijasida to‘qimalarga yetkaziluvchi kislorod oqimi kamayadi. Koronavirus infeksiyasi og‘ir kechayotgan bemorlarda aynan shu simptomlar kuzatilayotgani sabab olimlar infeksiyani gemolitik zaharlar bilan zaharlanishdagi kabi davolashni taklif qilishmoqda.
Mavzuga oid
15:00 / 28.11.2025
Germaniyalik oila Istanbulda insektitsid bilan zaharlanish oqibatida vafot etdi
20:34 / 16.10.2025
Is gazidan zaharlanishga qarshi birinchi samarali vosita ishlab chiqildi
12:32 / 16.10.2025
Oxirgi 4 yilda 177 nafar inson doridan zaharlanib o‘lgan
10:58 / 10.10.2025