«Mahsulotlar sifati va raqobatdoşligini oşiriş uçun milliy standartlarni jahon talablariga moslaştiriş hamda korxonalarga joriy qiliş juda muhim hisoblanadi. Sönggi yillarda mamlakatimizda standartlarning 43 foizi xalqaro me'yorlar bilan uyğunlaştirilib, ularning soni 12 mingtaga yetkazildi. Bunday işlar natijasida eksport imkoniyatlari kengaymoqda.
Misol uçun, 21ta korxonada töqimaçilik va trikotaj tovarlariga Yevropaning «OEKO-Tex» va «Sedex» standartlari joriy qilindi. Jumladan, Andijondagi «Samo Textile» Yevropa bozorlariga 5 million dollarlik mahsulot bilan çiqdi. Buxorodagi «Bukhara Cotton Textile» MÇJ ham AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya va Turkiyaga 5 million dollarlik eksport qildi.
Şuningdek, maişiy texnika, kabel, tibbiyot buyumlari işlab çiqaruvçi korxonalarda 17 turdagi mahsulot xavfsizligini tasdiqlovçi maşhur «CE» markirovkasi joriy etilgani natijasida Yevropaning 8ta davlatiga eksport boşlandi.
Bu boradagi işlar izçil davom ettirilmoqda. Yil oxirigaça oziq-ovqat, metallurgiya, yengil sanoat böyiça 14ta laboratoriya modernizatsiyasi yakunlanadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yiğilişda şu paytgaça bajarilgan işlar natijadorligi tahlil qilinib, galdagi muhim masalalar körib çiqildi.
Davlat rahbari «Özstandart» agentligini milliy organ maqomiga olib çiqiş, korxonalarda yangi standartlarni manzilli joriy qiliş asosiy vazifa ekanini ta'kidladi.
«Milliy standart «ovozi jaranglaşi»ga erişişimiz kerak», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Kelgusi yil yakuniga qadar xalqaro standartlar sonini 14 mingtaga, uyğunlik darajasini 50 foizga yetkaziş vazifasi belgilandi.
Mutasaddi vazirlik va uyuşmalarga töqimaçilik korxonalarida «OEKO-Tex» me'yori, elektr texnikasi tarmoğida «Se» markirovkasi hamda qişloq xöjaligida «Global G.A.P.» va «Organic» tizimlarini qöllaşni kengaytiriş böyiça topşiriqlar berildi. Xalqaro standartlarni tatbiq qilayotgan korxonalarga kömaklaşib, bunga ketadigan xarajatning bir qismini Eksportni qöllab-quvvatlaş agentligi tomonidan qoplab beriş muhimligi ta'kidlandi.
«Agar mahsulot xalqaro sertifikatga ega bölmasa, u heç qaçon raqobatbardoş böla olmaydi. Mamlakatda har bir tadbirkor standartni bilişi, tanişi kerak, şunday muhit yaratiş zarur», deya ta'kidladi prezident.



















