Bugun, 28 sentabr kuni Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi va YeXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalaniş kuni munosabati bilan xalqaro onlayn konferensiya ötkazildi.
Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktorining örinbosari Xuşnudbek Xudoyberdiyev konferensiyada söz olib, jurnalistlar faoliyatida yuzaga keladigan nizolar va ularning yeçimlari haqida gapirdi.
«Özbekistonda 2016 yildan keyin söz erkinligi tomon qanday qadamlar taşlangani heç kimga sir emas. Şaxsan biz buni öz tanamizda his qilib turibmiz, köryapmiz. Söz erkinligi şamoli kelib, Özbekiston oçiq ma'lumotlar beriş, erkin jurnalistika sari şiddat bilan qadamlar taşlayotgan bir jarayonda yangi keyslar paydo bölyapti. Ya'ni nizolarni sud orqali hal qiliş. Ilgari bunaqasi bölmagan», dedi u.
U ilgari nizolarni hal qiliş qanday bölgani haqida gapirgan.
«Jurnalist bilan boğliq biror muammoga duç kelib qolinsa, nima qilingan? Telefon qilingan, ayrim amaldorlar öz amalidan foydalanib, bosim qilgan. Şu bilan masala hal bölgan.
Hozir yangi keys paydo bölyapti. Köpçilikning hammaga ham bosim orqali kuçi yetmayapti. Bunday jarayonda ular endi jurnalistlarni va ommaviy axborot vositalarini çiqargan materiali uçun sudga berişni boşlayapti. Umuman olganda, bu – yaxşi signal. Sababi, sudga berdimi, demak, u boşqa qinğir yöllardan – turli bosimlar va zöravonlikdan foydalana olmagan, bunga kuçi yetmagan, şuning uçun sudga bergan.
Sudga beriş jarayonida endi boşqaça savol tuğiladi. Ilgari bunday jarayon uçramagan bölsa, sudyalarimiz va advokatlarimiz media sohasini qayerdan yaxşi biladi? Ularda bunday keyslar, bunday sud jarayonlari avval bölmagan. Jurnalistik faoliyatning öziga xos jihatlaridan xabari yöq. Nima tuhmat, nima haqorat, qaysi biri axborot oliş erkinligi, qaysi biri axborot tarqatiş erkinligi yoki qaysi biri şaxsning şa'ni, qadr-qimmatini buzuvçi – mana şunday nozik çegaralarda afsuski muammo mavjud», dedi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
U jurnalistni ayblaydigan insonlarga jurnalistikani tuşuntiriş kerakligini aytib, sudyalar va advokatlarni soha böyiça öqitiş fikrini ilgari surdi.
«Mass-media sohasida jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblarini öqitişimiz kerakligi töğri, jurnalist kelganida qörqmasligi uçun balki taşkilot rahbarlarini ham öqitişimiz kerakdir. Lekin tanganing ikkinçi tomonida agar jurnalist biror muammoga duç keladigan bölsa, uning masalasini köradigan sudya qay darajada bu sohani yaxşi tuşunadi? Jurnalistni himoya qilmoqçi bölayotgan advokat buni qay darajada yaxşi tuşunadi?
















