Ozarboyjon qurolli kuçlari Armaniston qurolli kuçlariga qaraşli "OSA-AKM" zenit-raketasi majmuasining ikkita jangovar maşinasi va 16ta tankini yöq qildi. Bu haqda Ozarboyjon mudofaa vazirligiga tayanib Interfaks xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, şuningdek, bitta "Uragan" reaktiv tizimi, törtta BM-21 "Grad" reaktiv tizimi, törtta D-20 gaubitsa-zambaragi, bitta jangovar piyoda maşinasi va ikkita yuk maşinasi yöq qilingan.
Rasmiy Yerevan seşanba kuni raqib endi Qoraboğ hududida emas, Armaniston hududida harbiy harakatlar boşlagani, aviatsiya kuçlari amaliyoti vaqtida turklarning F-16 rusumli qiruvçi samolyoti armanlarning Su-25 samolyoti tomonidan urib tuşirilgani haqida xabar berdi.
Ozarboyjon va Turkiya bu xabar asossiz ekanini bildirdi; Turkiya prezidenti matbuot xizmati rahbari Faxriddin Oltin buni «arzon taşviqot öyinlari» deb baholadi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Boku tomonidan harbiy harakatlar töxtatilişining yagona şarti Toğli Qoraboğ hududidan Armaniston qurolli kuçlarining tölaligiça va zudlik bilan olib çiqib ketilişi ekanligini aytdi.













