Qömita pillaçilik va qorakölçilik sohasida yagona davlat siyosatini olib boruvçi, şuningdek, uşbu tarmoqlarni yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlaştirilgan tarzda rivojlantirişni ta'minlovçi davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. 
Quyidagilar:

Özbekiston Respublikasi Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi töğrisida nizom;

“Özbekipaksanoat” uyuşmasi qoşidagi Pillaçilikni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va undan foydalaniş tartibi töğrisida nizom;

Özbekiston Respublikasi bojxona çegarasi orqali ipak çiqindilari (şu jumladan ipak momiği) va xom ipakni olib çiqiş ustidan monitoring qiliş tartibi töğrisida nizom tasdiqlanadi.

Qömita öz vakolatlarini barça davlat organlari va taşkilotlari, ularning mansabdor şaxslaridan mustaqil ravişda amalga oşiradi va öz faoliyatida Özbekiston Respublikasining Boş vaziriga hamda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosariga böysunadi va hisobot beradi.

Qömita tizimiga:

Qömitaning markaziy apparati;

Qömitaning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi hududiy boşqarmalari;

Ipakçilik ilmiy-tadqiqot instituti;

Qorakölçilik va çöl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti;

Buxoro çöl yaylov ozuqabop ösimliklar uruğçiligi ilmiy-işlab çiqariş markazi kiradi.
 
Quyidagilar Qömitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

pillaçilik va qorakölçilik sohasida yagona davlat siyosatini olib boriş, şuningdek, uşbu tarmoqlarni yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlaştirilgan tarzda rivojlantirişni ta'minlaş;

tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat'iy hisobini yuritiş va fondini örganiş, şuningdek, pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş uçun ozuqa bazasini yaxşilaş;