«Mamlakatimizda ta'lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin», deyiladi hujjat matnida.

«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan

Jumayev To‘xtamurod Murtazayevich — Qorako‘l tumanidagi xalqaro matematika maktabi faxriy direktori, Buxoro viloyati;

«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan

Abdiyev Baxtiyor Bobonazarovich — Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati;

Yuldasheva Fayzixon  Arapovna — Norin tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Namangan viloyati;

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi» faxriy unvoni bilan

Raxmanova Ra'noxon Muxtarovna — Oltinsoy tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta'lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi,  Surxondaryo viloyati;

Aslonova Muxtaram Askarovna — S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyining biologiya fani o‘qituvchisi;

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Kushenova Kanzira Karbayevna — Tomdi tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi,  Navoiy viloyati;

Uzakbayeva Roza Sarsenovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-Mehribonlik uyi o‘qituvchisi;

Ishankulov Artikbay — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi direktori;

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

Musayev Abdurashit Ibraximovich — Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining eshkak eshish bo‘yicha  katta murabbiyi, Toshkent viloyati;