«Oqqan daryo oqaveradi, deydi dono xalqimiz. Bugun buyuk ajdodlarimizning bebaho merosiga tayanib, yangi renessans poydevorini yaratiş uçun bizda barça imkoniyatlar mavjud deyişga töla asosimiz bor. Bu fikrga bir misol keltirmoqçiman. Bilasizlar, Qorakölda hammamizga maşhur bir maktab bor.
Bu maktabni maşhur qilgan oddiy qişloqning fidoyi muallimi Töxtamurod Jumayevni ham barçamiz yaxşi bilamiz. Bu ajoyib pedagog özining tinimsiz izlanişi, yangi pedagogik metodlari bilan oddiy qişloq maktabini respublika darajasida maşhur ta'lim dargohiga aylantirdi. Holbuki, maktab Buxoroning olis çöl tumanida joylaşgan bölib, zamonaviy şaroitga, qulay imkoniyatlarga ham ega emas. Bu maktab bitiruvçilaring 95 foizdan ortiği OTMlarga kiryapti», dedi prezident.
Davlat rahbari Qoraköldagi maktabga respublikaning barça hududlaridan bolalar borib öqiyotganini va maktab yutuqlari inobatga olinib, u Xalqaro matematika maktabiga aylantirilganini aytib ötdi.
«Biz bu ta'lim maskani erişayotgan katta yutuqlarni inobatga olib, ötgan yili uni Xalqaro matematika maktabiga aylantirdik.
Töxtamurod domla ham, jadid bobolarimiz kabi, tinimsiz va fidokorona mehnat qilib, hozirgi davrning yangi usul maktabini yaratişga erişdi.
Mana, bugungi kunimizning haqiqiy ma'rifatparvari, davrimizning Avloniysi, Behbudiy domlasi, Munavvarqorisi!
Bunday ulkan natijaga erişiş uçun albatta öziga xos öqitiş tizimi bölişi kerak. Ayni vaqtda bunday yutuqlar zamirida insonning öz kasbiga, Vataniga mehri va sadoqati, yuksak mas'uliyat tuyğusi mujassam, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.
Mana şu maktabda Töxtamurod aka boşçiligida har bir öqituvçi şogirdlarini öz bolasiday körgan, bu yerda çinakam ijodiy musobaqa muhiti şakllangan va bu işlar bugun özining munosib natijasini bermoqda», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident bayramda ta'lim-tarbiya sohasida erişgan yuksak yutuqlari va ibratli faoliyati uçun Töxtamurod Jumayevni «Buyuk xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirladi.
«Mohir pedagog Töxtamurod Jumayev ta'lim-tarbiya sohasida erişgan ulkan yutuqlari va ibratli faoliyati uçun Prezident Farmoniga asosan davlatimizning yuksak mukofoti – “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlandilar.
Fursatdan foydalanib, Töxtamurod akani va mukofotga sazovor bölgan barça öqituvçi va murabbiylarimizni öz nomimdan, xalqimiz nomidan samimiy muborakbod etaman
















