Zulfiqor Musoqov prezidentga yuborgan murojaati matnini Kun.uz'ga taqdim etdi.

«Işoning, men bu murojaatni bir fuqaro, nihoyat ota sifatida, bir bobo sifatida öz yaqinlarining kelajagi haqida öylab, çin yurakdan qilyapman. Zohiran qaraganda, hamma sizning körsatmalaringizga amal qiladi, lekin bu körsatmalar kinoda sizning strategiyangizga qarama-qarşi ravişda amalga oşiriladi. Men «Özbekfilm» studiyasi ostonasini 17 yoşligimda xatlab ötib, şu yerdan nafaqaga çiqdim, soçim şu dargohda oqardi, hozir ham işlayapman... Umrimda bironta lavozimni egallamaganman va xohlamayman ham... Lekin kinomizda odam çidab tura olmaydigan jarayonga befarq böla olmayman», – deb yozadi Zulfiqor Musoqov.
Kinorejissyor murojaati davomida prezidentning 2017 yil 3 avgustda ijodkor ziyolilar bilan uçraşuvda ta'kidlab ötgan tanqidiy fikrlarini eslab ötgan va ularni qöllab-quvvatlaşini bildirgan. Şu bilan birga, uning fikriça, «Özbekkino» milliy agentligi boş direktori etib Firdavs Abduxoliqov tayinlanişi bilan bir yil içida kinoda «halokatli holat» vujudga kelgan.
«Butun hayotini kinoga bağişlagan mutaxassislar turli rasmiy bahonalar bilan işdan böşatilmoqda yoki töğridan töğri ta'qib qilinmoqda», – deydi Musoqov.
U prezidentga murojaat qilar ekan, jamiyat manfaatlarini şaxsiy bizneslar bilan aralaştirib yuboriş holatlari közga taşlanayotgani, san'atni tijoratga aylantirişga harakat qilinayotganini ta'kidlaydi.
«Faqat köz-köz qiliş va közböyamaçilikni kuzatyapmiz. Sizning aniq körsatmangiz böyiça tayyorlanişi kerak bölgan 30ta badiiy filmni suratga oliş böyiça işlar çetda qolib, köplab prezentatsiyalar ötkaziş (bu tadbirlar, aksariyat hollarda, karantin paytida ötkazilayotganiga aql bovar qilmaydi) bilan şuğullanilmoqda.
Kino sohasida professionallar çetlaştirilmoqda, butun umrini kinoga bağişlagan kino arboblarini «Özbekkino»dan siqib çiqariş uçun şaroit yaratib berilmoqda», – deb yozadi Zulfiqor Musoqov.
Taniqli rejissyorning sözlariga köra, «Özbekkino» agentligiga kino sohasiga aloqasi bölmagan va «san'at haqida mutlaqo tuşunçaga ega bölmagan» kadrlar işga olingan.
«Rahbar öz atrofida şu kabi san'atdan yiroq, kinodan bexabar insonlarni töplagan. Eng jirkanç joyi – ularga, masalan, oliy kategoriyali rejissyorning oyligidan 1,5 va 4 barobar maoş tölaydi. Hamma hujjatlar bor», – deya qayd etgan u.













