Xususan, koronavirusni yuqtirib olgan insonlar jismoniy faollik bilan şuğullanişlari tavsiya etiladimi yoki köproq dam olişlari kerakmi, deya berilgan savol böyiça ma'lumotlar taqdim etdi.
«Hammasi me'yorida bölişi kerak. Kasalligi alomatsiz yoki yengil şaklda keçayotgan bemorlar nafas tizimi funksional holatini va jismoniy faollikni unutmasliklari kerak, ya'ni har kungi ertalabgi qizdiruvçi 10-15 minutlik badantarbiya maşqlari juda muhim. Nafas gimnastikalarini kun davomida 3 marta, imkon qadar 5-10 minutdan amalga oşiriş kerak. Çuqur nafas oliş 6 sekund davomida va sekin nafas çiqariş 4-5 martagaça. Bu maşqlar virusning öpka töqimasiga moyilligi borligi uçun ham yaxşi şamollatilgan xonada bajarilişi kerak.
Nafas gimnastikasining juda xilma-xil turlari mavjud: Burdenko usuli, Yoga, Tibet usullari. Siz öz şifokoringiz bilan bu usullar xaqida maslahatlaşişingiz mumkin yoki ularni har bir kişi mustaqil ravişda ijtimoiy tarmoqlardan topib, har kim özi uçun mosini tanlab, özlaştirişi mumkin», - dedi ştab a'zosi.
Ma'lum qilinişiça, COVID-19 bilan kasallanganlar uçun taomlar yengil hazm böladigan, vitamin, mikroelement va oqsilga boy bölişi kerak.
«Taomlarni kiçik hajmda barra salat va kökatlar bilan birga iste'mol qiliş tavsiya etiladi. Bular — qaynatma şörvalar, qiyma göştlaridan tayyorlangan kotletlar, teftellar, frikadelkalar, baliq göşti, tvorog, suvda qaynatib çala pişirilgan tuxum, dukkaklilardan tayyorlangan suyuq taomlar, arpa bötqalari.
Şuningdek, köp miqdorda suyuqlik içilişi maqsadga muvofiq. Turli meva şarbatlari, kompotlar, kök çoy, limon, smorodina, zanjabil, asal va malina çoylari şular jumlasidan» - dedi savolga javoban Barno Abdusamatova.


















