«Şu sababli kasallikdan tuzalgandan keyin ba'zi bemorlarda öpka hayotiy siğimining 20-30 foizga kamayişi, şuningdek, alveolalar devorlarida biriktiruvçi töqima yuzaga kelişi tufayli kasallikdan söng öpka fibrozi kuzatilişi mumkin. Bu esa harsillaş, surunkali kislorod yetişmovçiligiga olib keladi.

Bundan taşqari, bu kasallik yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab tizimida ham patologik özgarişlarni keltirib çiqarişi mumkin», dedi Barno Abdusamatova AOKAda ötkazilgan brifingda.

Şuningdek, koronavirusni oddiy şamollaş yoki grippdan qanday farqlaş mumkinligi haqida ham ma'lumot berildi.

«Koronavirus kasalligida köp uçraydigan ayrim erta belgilar şamollaş va gripp kasalligi belgilariga öxşaydi. Bular - tana harorati kötarilişi, umumiy holsizlik, iştahaning yöqolişi, muşaklardagi oğriq, ta'm va hid sezmaslik.

Biroq koronavirus örta oğirlikda va oğir keçişida kasallikning 5-7 kuniga tana harorati 38-39 darajadan oşadi, nafas yetişmovçiligi, hansiraş paydo böladi, oddiy şamollaş va grippda esa 3-4 kundan keyin bemorning ahvoli yaxşilana boradi.

Bundan taşqari, koronavirus kasalligini aniq taşxislaş uçun epidemiologik anamnez, PZR tekşiruvi javobi musbat bölişi, kislorod saturatsiyasi 94 foizdan kamayişi, Ksida xarakterli özgarişlar kuzatilişini inobatga olişimiz kerak», dedi ştab a'zosi.