2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilishicha, tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Qayd etilishicha, unda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha universal onlayn platformani joriy etish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2020 yil noyabr, ijro uchun mas'ullar - Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar. 
 
Bundan oldin, O‘zbekiston elektron tijorat sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirmoqchi ekani xabar qilingandi