O‘zbekiston | 11:27 / 02.10.2020
2699
2 daqiqa o‘qiladi

Xivada «Lazgi» xalqaro raqs festivali tashkil etiladi

Bu Prezidentning 2020 yil 28 sentyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

Foto: LiveJournal

2022 yildan boshlab har 2 yilda 1 marotaba 25–30 aprel kunlari Xiva shahrida «Lazgi» xalqaro raqs festivali hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
 
Norma’ning yozishicha, Xorazm «Lazgi» raqsi O‘zbekiston madaniy merosi sifatida insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Qaror 12 dekabrda Bogotada (Kolumbiya) o‘tkazilgan YuNeSKO Nomoddiy madaniy merosni saqlash hukumatlararo qo‘mitasining 14-sessiyasida qabul qilingan.
 
Xorazm viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi festivalni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas'ul organlar etib belgilandi.
 
Festival doirasida «Ichan-qal'a» majmuasi hududida raqs san'atiga oid ko‘rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san'at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio- va videodisklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar, shuningdek ularning savdosi tashkil etiladi.
 
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi;
  • «Lazgi» xalqaro raqs festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Mavzuga oid