«Iş hujjatlariga köra, 10.08.2020 yilda fuqaro Ş.Minbayev Çirçiq şahar prokuraturasiga murojaat qilib, Çirçiq şahridagi yuqumli kasalliklar şifoxonasida ikki tomonlama pnevmoniya va COVID-19 taşxisi bilan oğir ahvolda davolanayotgan qarindoşi F.Rustamov 01.08.2020 yilda Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi xodimlari tomonidan viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseriga ötkazilganini va 02.08.2020 yilda uning soğliği yomonlaşib vafot etganini, şu sababli aybdor şaxslarga qonuniy çora körişni söragan.
Mazkur holat yuzasidan 11.08.2020 yilda Çirçiq şahar prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, ehtiyotsizlik orqasida odam ölişiga sabab bölsa) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Aniqlanişiça, bemor F.Rustamovning somatik xolati oğirligi, unda nafas yetişmovçiligi mavjudligi va reanimatsion muolajalarga muhtojligiga qaramasdan, Yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori uşbu bemorni oğir ahvolda viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yuborilişiga yöl qöygan.
Şu bilan birga, Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida F.Rustamov nomiga yuritilgan kasallik tarixida bemor COVID-19 kasalligidan töliq tuzalgani haqida soxta ma'lumot kiritilgan.
Bundan taşqari, Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida budjet va budjetdan taşqari mablağlarning maqsadli sarflanişi yuzasidan ötkazilgan nazorat tadbiri davomida jami 100 mln sömdan ortiq budjet mablağlari rastrata qiliş yöli bilan talon-taroj qilingani aniqlangan.
Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori G.Yöldoşeva bir neça marotaba tergovga çaqirilganiga qaramasdan, uzrli sabablarsiz körsatilgan muddatlarda kelmagan.
Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligining mutaxassislari tomonidan joriy yilning 28–29 avgust hamda 3, 4, 8 sentabr kunlari örganiş uçun şifoxonaga kirişmoqçi bölişganida, yuqumli kasalliklar şifoxonasi işçilari G.Yöldoşevaning telefonda bergan topşiriğiga asosan mutaxassislarni şifoxona hududiga kiritmasdan, örganişga tösqinlik qilişgan, bu haqda dalolatnomalar rasmiylaştirilgan.
08.09.2020 yilda şifoxona boş şifokori G.Yöldoşeva majburiy tartibda tergovga olib kelinib, JKning 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a» bandi hamda 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) 3-qismi «a» bandi bilan ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb etilgan.

















