Kanada ham xorijliklarning mamlakatga kelib işlaşi uçun qator immigratsiya dasturlariga ega. Uşbu dasturlar va Kanadaga boriş uçun viza turlari, ularni oliş yöllari, immigrantlarga qöyiladigan talablar haqida esa hamma ham bilavermaydi. Biz şu mavzuda Kanadada öz yuridik firmasiga ega özbekistonlik yurist Rahmatjon Sobirov bilan suhbat taşkil etdik.
– Rahmatjon aka, avvalo, özingiz haqingizda qisqaça gapirib bersangiz.
– Hozirda Kanadaning Toronto şahrida yaşayman. Kanadaga köçib ötganimga 15 yil böldi. Kanadada advokatlik bilan şuğullanaman. Şuningdek, Sobirov’s Law Firm yuridik firmasini boşqarib kelaman.
Firmamiz asosan çet ellik sarmoyadorlar va tadbirkorlarga Kanada bozoriga kirib kelişda immigratsiya masalalarida yordam beradi.
– Kanadaga boriş uçun viza olişning qanday yöllari bor?
– Kanadaning immigratsion tizimi va siyosatini tuşunmasangiz, Kanadani boşqa davlatlarga öxşatib yuborişingiz mumkin. «Masalan, Koreya yoki Yaponiyaga boryapmiz, nega Kanadaga bora olmaymiz?» deyişadi. Bu xato. Şuning uçun Kanadani tanib olişimiz kerak.
Kanada 37 million aholisi bölgan, dunyoning eng rivojlangan 10 ta davlatidan biri. Yalpi içki mahsuloti, yaşaş şaroiti va iqtisodi juda rivojlangan davlat. Şu bilan birga, ayni vaqtda muammolari bor: Kanadada tuğiliş kam.
Ayrim iqtisodçilarning fikriça, Kanada aholisi 50 millionga çiqişi kerak. Şundagina iqtisod bundanam yaxşi rivojlanadi. Şuning uçun Kanada immigratsion siyosatga katta e’tibor bermoqda.

Kanada heç qaçon lotoreya yoki omadga boğliq immigratsion dasturlar çiqarmagan. Faqatgina kuçli tanlov ostida ilmli, örta yoşli, tilni yaxşi biladigan, tajribali odamlar kelişi uçun juda köp dasturlar yaratib qöygan.
Eng maşhur dasturlaridan biri – «Express entry», ya’ni Kanadaga tezda kiriş dasturi. Bunga öxşaş 60dan ziyod immigratsion programmalar bor.
Kanadaga kelişga qaror qilgan inson birinçi navbatda özini tanib olişi kerak. Ya’ni qanday muvaffaqiyatlarga erişgan, yoşi töğri keladimi, sarmoyasi bormi kabi savollarga javob topişi kerak.




















