Fuqaro G‘.Xudoyberdiyevning 2018 yil dekabr oyida onlayn auksionda sotib olgan yer uchastkasi oradan bir yil o‘tib (2019 yil dekabr) Bekobod tuman prokurori kiritgan ariza sabab ma'muriy sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytariladi.

Yer uchastkasi ustiga qariyb 200 mln so‘m sarflanib qurilgan, ikki qavatli (qurilishi tugallanmagan) bino esa sud qaroriga asosan buzib tashlanadi.

Qarangki, ma'muriy ishlar bo‘yicha Oliy sud sudlov hay'atining shu yil 3 sentyabrdagi qarori bilan quyi instansiya sudlari qarorlari bekor qilinib, Bekobod tuman prokurorining shikoyat arizasini rad qilish to‘g‘risida yangi hal qiluv qarori qabul qilinadi.

Shu qaror sabab bo‘lib, joriy yil 5 oktyabr kuni saytimiz orqali «Oliy sud Bekobod prokurorini dog‘da qoldirdi. Tadbirkor ko‘rgan zararni endi kim qoplaydi?» nomli maqola e'lon qilgan edik.

Toshkent viloyat prokuraturasi va boshqa mas'ul idoralar maqolada ko‘tarilgan muammoga ijobiy yechim topish harakatida bo‘ladi, deb umid qilgan edik. Ammo, adashganmiz shekilli.

Fuqaro G‘aybulla Xudoyberdiyevning tahririyatga xabar qilishicha, voqealar biroz boshqacharoq yo‘sinda rivoj olgan.

Dastlab, tuman hokimi va viloyat prokuraturasidan masalani o‘rganish uchun tumanga kelgan mas'ul xodim G‘.Xudoyberdiyevdan bu muammolarni yoritish uchun sayt muxbirlariga qancha pul bergani bilan qiziqishgan (bundan ranjiganimiz yo‘q, sababi har kim dunyoni o‘z qarichi bilan o‘lchaydi).

Bu hali hammasi emas. Voqealar rivoji 6 oktyabrga kelib bundan-da qiziqarli tus oldi. Yana hokimlikka chaqirilgan Xudoyberdiyevni qo‘liga yana o‘sha rasmiylar bir varaq qog‘oz tutqazishadi. Uni o‘qib kulishni ham, yig‘lashni ham bilmaysan kishi...

O‘sha bir parcha qog‘ozda G.Xudoyberdiyevning Kun.uz tahririyatiga minnatdorchilik xati (mavjud vaziyatdan kelib chiqilsa, ko‘proq pushaymonlik xatiga o‘xshaydi)bitiladi. Nima emish, «aslida prokuratura xodimlari ushbu videolavhada izohlanganidek, menga nisbatan adolatsizlik qilishmaganini tushunib yetdim va men ham bularning barchasini jon achchig‘ida bo‘rttirib gapirganim uchun Prokuratura va Kun.uz tahririyati oldida uzr so‘rayman