Britaniya şahzodasi Uilyam ekologiya sohasida maxsus mukofot ta'sis etiş uçun 65 mln dollarga yaqin mablağ ajratişini e'lon qildi.

Şahzoda CNN telekanaliga bergan intervyusida yangi mukofotni Nobel mukofotiga qiyoslar ekan, u "atrof-muhitni himoya qiliş sohasidagi eng nufuzli mukofot"ga aylanişiga umid bildirdi.

2021 yildan boşlab Earthshot Prize mukofoti har yili beş kişi yoki taşkilotga "tabiatni himoya qiliş va tiklaş", "atmosferani tozalaş", "okeanlarni tiklaş", "çiqindisiz dunyo" va "iqlimni tiklaş" yönalişlarida beriladi.

2030 yilga kelib har bir muammoni hal qiliş yuzasidan kamida 50ta taklif olinişiga umid qilinmoqda.

Har bir ğolibga 1 mln funt (1,3 mln dollar) beriladi.